AsosiyJamiyat

Arxeologlar Amir Temur qabrini ochgani haqida xabarlar tarqaldi

'Arxeologlar Amir Temur qabrini ochgani haqida xabarlar tarqaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda arxeologlar tomonidan Amir Temur qabri ochilgani haqida xabar tarqalgan. 

O`zbekiston Fanlar akademiyasi ushbu xabarlarga raddiya e`lon qildi.

Ta`kidlanishicha, akademiyada qabr ochilishi muhokama qilinmagan va kun tartibiga kiritilmagan.

«Ushbu xabar yolg`on-feyk xabar hisoblanib, Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qo`yilmagan. Arxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan. Shu bilan bir qatorda xabarda keltirilgan qazishma rahbari deb aytilgan Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy 1970 yilda vafot etgan bo`lib, birinchi O`zR Fanlar akademiyasi prezidenti hisoblanadi. Umuman olganda ushbu xabar 1941 yildagi ma`lumotlar asosida tayyorlangan», dedi bo`lim.

Hukumat qarori bilan maqbara 1941 yil 16-22 iyunda ochilgan. Ekspedisiyaga professor Kori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab Amir Temur o`g`illari Mironshoh, Mirzo Shohruh, nevarasi Mirzo Ulug`bek, 1941 yilning 19 iyunida Amir Temur qabri ochilgan. Undan so`ng Amir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan.

Antropolog M.M.Gerasimov o`zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulug`bek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942 yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o`rganib bo`lingach, qaytadan o`z joylariga dafn etilgan.

    Boshqa yangiliklar