Muzrabot tumani "Muzrabot darvoza" mahallasida yashovchi fuqarolardan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`limiga dalada noma`lum turdagi qush topib olinganligi to`g`risida murojaat kelib tushgan.
Mutaxassislar qush kulrang turna ekanligini aytishmoqda. Uni vaqtinchalik saqlash uchun Termiz hayvonot bog`iga topshirildi.
Qushga, ona tabiatga befarq bo`lmaganlarga minnatdorlik bildirildi.
Kulrang turna (yoki Bo`zturna) – Evropada hayot kechiruvchi yirik qush bo`lib, miqdoriga ko`ra turnalar orasida uchinchi o`rinda turadi.
Bu yirik qushning balandligi 115 sm, qanotlarining yoyilgandagi holati 180-200 sm ni tashkil etadi. Vazni esa 6 kg gacha etishi qayd etilgan.






