Dortmundning “Borussiya” jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Bundesliga futbolchilar ittifoqi (DBF) tomonidan 2015/16 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Gabonlik futbolchiga 19,7 foiz responlentlar ovoz bergan. Ikkinchi o`rinni egallagan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini 19,5 foiz respondentlar qo`llab-quvvatlagan. Uchinchi o`ringa Obameyangning jamoadoshi Genrix Mxitaryan loyiq deb topildi. U 12,6 foiz ovoz to`pladi.
2015/16 yilgi mavsum yakuniga ko`ra, Obameyang Germaniya chempionatining 31 o`yinida maydonga tushib, 25 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi. Bundesliganing eng yaxshi to`purari Levandovski 32 uchrashuvda 30 ta gol va 2 ta golli uzatmani o`z hisobiga yozib qo`ygan.





