AsosiySport

Xalqaro dzyudo federasiyasi Putinni maqomidan mahrum qildi

'Xalqaro dzyudo federasiyasi Putinni maqomidan mahrum qildi'ning rasmi

Xalqaro dzyudo federasiyasi (XDF) Rossiya Prezidentini tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. Bu haqda federasiya xabar berdi.

"Ukrainada davom etayotgan mojaro munosabati bilan Xalqaro dzyudo federasiyasi janob Vladimir Putinning Xalqaro dzyudo federasiyasining faxriy prezidenti va elchisi maqomi to`xtatilganini e`lon qiladi",-deya qayd etiladi unda.

Ma`lumot o`rnida, Vladimir Putin XDF faxriy prezidenti maqomini 2008 yilda olgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq FIFA Rossiyaga qarshi sanksiya e`lon qilgani haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar