Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon suhbatida Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun zarur shartlarni sanab o`tdi.
Davlat rahbarining ta`kidlashicha, bu "Rossiyaning xavfsizlik sohasidagi qonuniy manfaatlari so`zsiz hisobga olingan taqdirdagina" mumkin:
- Rossiyaning Qrim ustidan suverenitetini tan olish;
- Ukraina davlatini demilitarizasiya va denazifikasiya qilish;
- Ukrainaning neytral maqomini ta`minlash.
Ma`lum qilinishicha, suhbat fransuz tomonining tashabbusi bilan bo`lib o`tgan.






