Ispaniyalik Luis Migel Kezada Sanches Termizning "Surxon" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1996 yilda tug`ilgan Kezada "Real Madrid" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Shuningdek, u Ispaniya va Donimikan Respublikasi fuqaroligiga ega. 26 yoshli futbolchi 2013 va 2015 yillar davomida “Real”ning U-17, U-18 hamda U-19 jamoalarida to`p surgan. So`ngra, “Real Madrid Kastilya”da o`ynagan.
Shuningdek, “Olot”, “Kordova” va “Kadis” klublari sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi klubi aynan “Kadis” sanaladi. Bu futbolchi o`z vaqtida “Real”ning asosiy mashg`ulotlarida ham muntazam ishtirok etgan. U paytda Krishtianu Ronaldu “Real”da edi. Sanches esa faqat Ispaniya birinchi divizionida “Real”ga tegishli bo`lgan “Kastilya”da ko`p vaqtini o`tkazgan.






