Qatar poytaxtida sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi start oladi. 5 martga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqdja.
O`zbekiston gimnastika federasiyasining ma`lum qilishicha, turnirda 6 nafar hamyurtimiz qatnashadi. Ular orasida afsonaviy Oksana Chusovitina, Rasuljon Abdurahimov kabi tajribali gimnastikachilarimizni ham uchratish mumkin. Jamoamizning turnirda ro`yxatdan o`tgan tarkibi:
Erkaklar:
Rasuljon Abdurahimov
Abdulla Ergashev
O`tkirbek Jo`raev
Abdulla Azimov
Ayollar:
Oksana Chusovitina
Gulnaz Jumabekova






