“IrAero” aviakompaniyasi tomonidan 2022 yilning 28 fevral kuni "Samarqand – Irkutsk" yo`nalishi bo`yicha parvoz qilgan 61 nafar yo`lovchining bagaji Samarqand aeroportida samolyot bortiga ortilmagan.
Fuqaro aviasiyasi agentligining aniqlanishicha, Samarqand aeroportidan jo`nab ketishdan oldin, havo kemasi ekipaji tomonidan marshrutdagi shamolning tezligi va yo`nalishini hisobga olgan holda etarlicha yonilg`i quyish to`risida qaror qabul qilingan.
Shu sababli ekipaj a`zolari Samarqand aeroportidan jami 90 nafar yo`lovchi va 423 kg yuk bilan uchib ketishgan.
Ushbu samolyotda o`sha kuni uchish vazni chegaralanganligi sababli 61 nafar yo`lovchining bagaji Samarqand aeroportida bortga ortilmagan.
“IrAero” aviakompaniyasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchilarning qolib ketgan bagajlarini “Sibir” aviakompaniyasining 2022 yil 2 martiga rejalashtirilgan Samarqand-Irkutsk yo`nalishidagi charter parvozi bilan etkazilishiga kelishilgan.






