AsosiySport

Eng ko`p daromad topgan futbol akademiyalari reytingi e`lon qilindi

'Eng ko`p daromad topgan futbol akademiyalari reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) eng daromadli 50 ta futbol akademiyalari reytingini tuzib chiqdi. Reytingni shakllantirishda 15 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan klubda kamida 3 mavsum o`tkazgan futbolchilar uchun hisobga olinadi.

Reytingni Portugaliyaning “Benfika” klubi boshqarmoqda – 379 million evro. Asosiy muvaffaqiyat - Portugaliya jamoasiga 120 million evrodan ortiq daromad keltirgan Joau Feliksning transferi.

Keyingi o`rinlarda "Real Madrid" (330 million evro) va Monako (285 million evro). Monegasklar bilan bog`liq vaziyat qiziq - barcha daromadlarning 63 foizi Kilian Mbappening "PSJ"ga sotilganidan tushgan. 

4-o`rinda "Ayaks" (283 mln evro), undan keyingi pog`onadan "Lion" joy egalladi, - 270 mln evro bilan. 

    Boshqa yangiliklar