"Chelsi" klubi egasi Roman Abramovich jamoani sotuvga qo`yganini e`lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Men har doim klub manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilganman, shuning uchun hozirgi vaziyatda uni sotishga qaror qildim, chunki bu “Chelsi”ning, muxlislarning, xodimlarining hamda homiylarining manfaatlariga javob beradi, deb hisoblayman", - dedi Abramovich.
Qayd etilishicha, Abramovich "Chelsi" uchun 4 milliard funt sterling narx belgilagan. Undan tushgan pullarning barchasi xayriya jamg`armasiga o`tkaziladi. Bundan tashqari, Ukrainadagi urushdan jabrlanganlarga yordam sifatida beriladi.






