AsosiySport

Yodgor Sa`diev va bir qancha sport fidoyilariga "O`zbekiston sport faxriysi" ko`krak nishoni topshirildi

'Yodgor Sa`diev va bir qancha sport fidoyilariga "O`zbekiston sport faxriysi" ko`krak nishoni topshirildi'ning rasmi

Kecha O`zbekiston sport faxriylari kengashi tomonidan uzoq yillar mamlakat sportini rivojlantirish yo`lida xizmat qilganlarga, bir guruh sport fidoyilariga "O`zbekiston sport faxriysi" ko`krak nishoni topshirildi. Ushbu tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O`zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va nishon egalari bo`lgan faxriylar ishtirok etishgan. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tadbirni Oybek Kasimov ochib berarib, ishtirokchilarga o`zining iliq tilaklarini bildirgan.

"Bir necha yil avval sizlar mamlakatimizda boshlab bergan Olimpiya harakatini bugun biz davom ettirmoqdamiz. Sizlarning yurtimiz sporti rivojiga qo`shgan hissangiz haqida qancha gapirsak ham oz. Bahodir aka boshchiligidagi faxriylar kengashi jamoasi so`nggi davrda ancha faol ishlamoqda. Biz ular bilan yonma-yon turib, barcha yordamni ko`rsatishga tayyormiz", – dedi Oybek Kasimov.

So`ng Bahodir Maxsitov bugun ko`krak nishoni bilan taqdirlangan faxriylar faoliyati haqida qisqa gapirib o`tdi. Shundan keyin turli davrlarda o`zbek sporti rivoji yo`lida xizmat qilgan Saidmuxtor Saidqosimov, Yodgor Sa`diev, To`lagan Isoqov, Shuhrat Dehqonov kabi fidoyilarga ko`krak nishonlari topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar