O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelmoqda. Respublika bo`yicha quruq ob-havo kutilmoqda, havo harorati 20-23° iliq, janubda va cho`l hududlarida 25-27° iliqgacha bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda kechga tomon yomg`ir yog`adi.
Dam olish kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, yakshanba kuni shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Havo harorati pasayadi va 5 martda kechasi 10-15° iliqni, kunduzi 13-18° iliqni, 6 marta kechasi 5-10° iliqni, kunduzi 12-17° iliqni tashkil etadi.
Iliq havoning jadal kirib kelishi, so`ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi va chang to`zonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.






