O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 5 mart kuni respublika hududida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to`zonlar ko`tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gasha etishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi. ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to`zonlar ko`tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gasha etishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi. ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to`zonlar ko`tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gasha etishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi. ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin, Qashqadaryo viloyatida shamolning kuchayishi 25-30 m/s gasha etishi mumkin. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to`zonlar ko`tarilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.






