AsosiyDunyo

AQSh Alisher Usmonov boshqaruvidagi kompaniyalarni "qora ro`yxat"dan chiqardi

'AQSh Alisher Usmonov boshqaruvidagi kompaniyalarni "qora ro`yxat"dan chiqardi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlari Moliya vazirligi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov ishtirokidagi kompaniyalarni sanksiyalardan ozod qiluvchi bosh lisenziya berdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

Xabarda aytilishicha, vazirlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi Usmonovga bevosita yoki bilvosita 50 foiz va undan ko`proq tegishli bo`lgan kompaniyalarning barcha tranzaksiyalariga ruxsat beradi.

Ta`kidlanishicha, avvalroq Vashington yirik rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar qo`llanilishini ma`lum qilgan. Sanksiya ro`yxatiga tadbirkorlar Boris va Arkadiy Rotenberg, Alisher Usmonov, Evgeniy Prigojinlar kiritilgan. Shuningdek, «Rostek» rahbari Sergey Chemezov, «Transneft» rahbari Nikolay Tokarev, Rossiyaning «VEB.RF» davlat taraqqiyot korporasiyasi raisiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgani haqida ham xabar berilgan.

Vashingtonning sanksiyalar ro`yxatiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham kiritilgan. Rossiya qo`shinlarining Ukrainani demilitarizasiya va denaziyalashtirish bo`yicha maxsus operasiyasi fonida, sanksiya ro`yxatidan rossiyalik tadbirkorlarning oila a`zolari va ular bilan boshqa yo`l bilan aloqador shaxslar ham joy olgan.

    Boshqa yangiliklar