Farg`onada ayol ikki nafar qizi bilan Katta Farg`ona kanaliga cho`kib ketgan. Qizlardan birining jasadi topilgan, ona va uning ikkinchi qizini qidirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi Darakchi.uz'ga xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 21 fevral kuni Rishton tumani “Zohidon” mahalla fuqarolar yig`ini Qo`rg`oncha ko`chasida istiqomat qiluvchi N.G. ismli ayol va uning ikki nafar qizi yashash xonadonidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Shu kuni ayolning kichik qizi X.Sh.ning jasadi Katta Farg`ona kanalining Bog`dod tumani “Irg`oli” mahalla fuqarolar yig`ini hududidan oqib o`tuvchi qismidan topilgan. 2022-yilning 22-fevral kunidan buyon Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g`avvos-qutqaruvchilari tomonidan Katta Farg`ona kanalida ona va bolani qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
Qidiruv ishlari Katta Farg`ona kanalining Rishton tumanidan O`zbekiston tumanining Nursix qishlog`igacha bo`lgan qismida olib borilmoqda.






