AsosiySiyosat

Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident

'Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident'ning rasmi

Davlat rahbari yuoshchiligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda oliygohlar atrofidagi maktab va bog`chalarda 13 ming vakant ish o`rinlari mavjud ekani ma`lum qilindi. Shuningdek, kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo`lgan maktab va bog`chalarga ishga joylashtirish mumkinligi ko`rsatib o`tildi.

Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo`yicha har chorakda talabalar o`rtasida tanlovlar e`lon qilib borish topshirildi.

Umuman, har bir tarmoq rahbari o`z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak.  

Masalan, Markaziy bank har yili 3-4 kurs talabalari o`rtasida tanlovlar e`lon qilib, 60 nafar talabani haq to`lanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimini yo`lga qo`ygan. Stajirovka yakunida eng yaxshi talabalarga doimiy ish taklif qilinadi.

Xuddi shunday ishlarni Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xo`jaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli tashkil etishi shart.

Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.

    Boshqa yangiliklar