AsosiySport

"Dinamo"ning 2021 yilgi eng yaxshi futbolchisi legionerga aylandi

'"Dinamo"ning 2021 yilgi eng yaxshi futbolchisi legionerga aylandi'ning rasmi

Pro liga 2021 yilgi mavsumida Samarqandning "Dinamo" klubining eng yaxshi o`yinchisiga aylangan Shohruxbek Abdurahmonov legioner bo`lishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi

"2019 yil 19 yoshida «Dinamo» jamoasi safida Superligada debyut qilgan Shohruxbek Abdurahmonov so`nggi uch yil davomida  samarqandlik muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Xususan, so`nggi 2021 yilda Shohruxbek Abdurahmonov o`zining ajoyib o`yinlari va gollari bilan «Dinamo»ni Superligaga qaytishiga ulkan hissa qo`shdi. Yakunda esa muxlislar tomonidan «Dinamo»ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. «Dinamo» PFK rahbariyati Superliga-2022 oldidan Abdurahmonov bilan shartnomani uzaytirish borasida har qancha urinishmasin, Shohruxbek o`zini Evropada sinab ko`rishga qaror qildi va Belarusning «Energetik-BGU» klubi bilan shartnoma imzoladi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar