Devis Kubogi jahon saralash bosqichi doirasida O`zbekiston hamda Turkiya terma jamoalari bahs olib bordi. Uchrashuvlar bugun nihoyasiga etdi va unda Turkiya 5 o`yinlik seriyada zafar quchdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha bo`lib o`tgan dastlabki ikki qarama-qarshilikdan so`ng durang natija qayd etildi. E`tiborlisi, bugun ham ikki bellashuvdan keyin g`olib jamoa nomini aniqlashning iloji bo`lmadi. Shu bois, hal qiluvchi - beshinchi uchrashuvga murojaat qilindi.
Katta qiziqish ostida kechgan to`qnashuvda Sergey Fomin reytingda o`zidan ancha yuqori bo`lgan raqibi Chem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Qariyb 2 soat davom etgan bahsda dunyoning 189-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Ilkel g`alaba qozondi. E`tirof etish joiz, vakilimiz har ikki setda raqibiga etarlicha qarshilik ko`rsatdi va yakunda tay-breklarda imkoniyatni boy berdi. Yakuniy hisob: 7:6 (7:2), 7:6 (7:4).
Bugungi bahslarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Sergey Fomin/Sanjar Fayziev - Altug` Chelikbilek/Erel Yanki 6:2, 6:4.
Sanjar Fayziev - Altug` Chilekbilek 6:4, 1:6, 4:6.
Sergey Fomin - Chem Ilkel 6:7 (2:7), 6:7 (4:7).






