AsosiyJamiyat

Yuridik xizmat markazlari besh oyda nimalarga erishdi?

'Yuridik xizmat markazlari besh oyda nimalarga erishdi?'ning rasmi

Prezident qaroriga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil etilganiga mana besh oy ham to`ldi.

Adliya vazirining Matbuot kotibi 2021 yil 1 oktyabrdan tuman darajasidagi davlat idoralari faoliyatida qonuniylikni ta`minlashni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan ushbu markazlar tomonidan o`tgan davr mobaynida erishilgan natijalar haqida axborot berdi. 

Xo`sh, Yuridik xizmat markazlari shu qisqa muddatda nimalarga erishdi?

Markazlardagi 1 029 ta shtat birliklariga hujjat topshirgan 7 727 nafar nomzodlar orasidan Adliya vazirligining “MinJust HR” axborot tizimi orqali onlayn tanlovlar o`tkazilib, barcha Markazlar malakali kadrlar bilan to`ldirildi.

Markazlar hamda ular yuridik xizmat ko`rsatadigan 2 mingdan ortiq davlat organlari “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulandi.

Markazlar tomonidan xizmat ko`rsatiladigan davlat organlarining yuridik tusdagi barcha hujjatlarini ishlab chiqish, o`zaro kelishish, huquqiy ekspertizadan o`tkazish va qabul qilish jarayonlari elektron shaklga o`tkazilib, barcha hujjatlarga avtomatik tarzda raqam berish tizimi joriy etildi.

Bugungi kunda yuridik ta`minotga ega bo`lmagan tuman darajasidagi davlat organlariga (irrigasiya, qurilish, veterinariya, pensiya jamg`armasi) sifatli yuridik xizmat ko`rsatilishi ta`minlanib kelmoqda.

O`tgan davr mobaynida markazlar tomonidan quyidagi eng muhim 5 ta ijobiy natija keltirildi:

1.Malakali va yosh huquqshunoslar o`rtasida o`zaro tajriba almashish tizimi yo`lga qo`yilib, barcha yo`nalishlardagi murakkab huquqiy muammolarni kollegial tarzda hal qilish imkoniyati yaratildi;

Markazlar tashkil etilgunga qadar tumandagi davlat organlarida 1 ta yurist shtat birligi mavjud bo`lib, o`zaro tajriba almashish va muammolarni kollegial tarzda hal qilish imkoniyati bo`lmagan.

2. Davlat organlarining 207 ta hududdagi 2 mingdan ortiq bo`linmalarida bir xil huquqni qo`llash amaliyoti shakllandi, aholi va organlarga tezkor va sifatli huquqiy xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yildi;

3. Yuridik xizmat xodimlarining to`liq mustaqilligi ta`minlanishi orqali ularni ish faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga jalb etish holatlariga barham berildi;

4. Yuristlarning ishi maqbullashtirilib, qog`ozbozlikka barham berildi hamda ish yurituvi to`liq raqamlashtirildi;

5.Markazlar xulosasi asosida qabul qilingan birorta hujjat huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sud orqali shu kungachabekor qilinmadi.

Kelgusi maqsad va marralar qanday?

Dastlabki davrda ayrim shaxslar, blogerlar tomonidan markazlarning ishga tushirilishiga nisbatan salbiy taxminlar, prognozlar ilgari surilganiga qaramasdan, tizim oldiga qo`yilgan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishib bormoqda.

Adliya vazirligi tomonidan bugungi kunda yuridik xizmatga ega bo`lmagan bandlik, soliq, qishloq xo`jaligi, mahalla, sport va turizm bo`limlari hamda respublikadagi barcha davlat maktablari, bolalar bog`chalari va oilaviy poliklinikalarga Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko`rsatilishi rejalashtirilgan.

Aytib utish joizki, Mareazlarni kengaytirishda davlat byudjetidan bironta kushimcha xarajat va resurs talab kilinmagan.

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o`tkazish uchun joylashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar