Velosport bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi hamda "Tashkent city professional cycling team" klubi Turkiyadagi yig`inini davom ettirmoqda. Uning doirasida tashkil etilgan navbatdagi xalqaro musobaqada hamyurtimiz Yanina Kuskova shohsupaning uchinchi pog`onasiga ko`tarildi. Bu haqda OlympicUz xabar berdi.
Ayollar o`rtasida o`tgan guruh poygasida yosh umidli sportchimiz o`zining irodasi bilan evropalik raqiblariga qarshi kechgan raqobatda iliq taassurot qoldirdi. Poygada birinchi va ikkinchi o`rinlar Ukraina terma jamoasi vakilalariga nasib etdi.
Shuningdek, poygada ishtirok etgan boshqa hamyurtlarimiz quyidagi o`rinda marraga etib kelishgan:
12. Sofiya Karimova
16. Shahnoza Abdullaeva
17. Anna Kulikova
33. Margarita Misyurina
44. Nafosat Kozieva
54. Madina Qahhorova
55. Anna Kuskova
63. Elena Zayseva
68. Irina Berezina
Ma`lumot uchun, poygada 78 sportchi startga chiqdi. Ulardan 10 nafari finishga etib kela olmadi.






