Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich ertaga juda qaysi jamoa safiga qo`shilishini aytadi.
“Ertaga, 7 iyun kuni juda muhim xabarni e`lon qilaman. O`ylaymanki, bu yozgi transfer bozorini larzaga keltiradi” – dedi Zlatan.
Avvalroq 34 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” safiga o`tishga rozi ekani ma`lum bo`lgandi. Katta ehtimol bilan u aynan “MYu”da o`z faoliyatini davom etiradi.
Eslatib o`tamiz, Ibrohimovichning so`ngg klubi PSJ bo`lgan. U 2012-2016 yillar davomida parijliklar sharafini himoya qilib keldi.





