AsosiySport

Pragada bo`lib o`tayotgan Evropa Ochiq chempionati yakuniga etdi

'Pragada bo`lib o`tayotgan Evropa Ochiq chempionati yakuniga etdi'ning rasmi

Ikki kun davomida Chexiya poytaxti Praga shahrida dzyudo bo`yicha Evropa Ochiq chempionati bellashuvlari bo`lib o`tdi.

Sayyoramizning 5 qit`asi 42 davlatidan 600 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. Yakunda hamyurtlarimizdan O`tkirbek To`raboev (+100 kg) oltin, Rahimjon Subhonov (-66 kg) esa bronza medalini qo`lga kiritdi. Ushbu medallar evaziga O`zbekiston dunyoning 42ta davlati orasida 7-o`rinni egalladi.

Bizdan yuqorida joylashgan Ispaniya, Kanada va Portugaliya terma jamoalari ham bittadan oltin medalga ega chiqishdi. Lekin bu uch mamlakat dzyudochilari bizga nisbatan kumush va bronza medallarini ko`proq qo`lga kiritishgan.

Germaniya terma jamoasi 4ta oltin, 1ta kumush, 5ta bronza medali bilan 1-o`rinni egalladi. Ikkita oltin, 3ta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo`lgan Fransiya 2-o`rinni band etgan bo`lsa, kuchli uchlikka 2ta oltin medal bilan Bolgariya terma jamoasi yakun yasab berdi.

    Boshqa yangiliklar