"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda Angliyani tark etishi mumkin. Bu haqda Report ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi yo`llanmasiga ega chiqa olmasa, "qizil iblislar"ni tark etishi mumkin. Agar u ketadigan bo`lsa, faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.
Unga "PSJ"dan jiddiy taklif bo`lmoqda. Parijliklar Ronalduni o`z safiga qo`shib olish istagida va uning agenti bilan muzokaralar o`tkazgan.






