AsosiySiyosat

Rossiya sanksiyalar soni bo`yicha dunyoda etakchiga aylandi

'Rossiya sanksiyalar soni bo`yicha dunyoda etakchiga aylandi'ning rasmi

Rossiya boshqa davlatlar tomonidan qo`yilgan sanksiyalar soni bo`yicha dunyoda etakchiga aylandi. Bu haqda  Bloomberg ma`lum qildi

22 fevralgacha Rossiya Erondan keyin ikkinchi o`rinda edi. O`shanda Tehronga qarshi 3616 ta, Moskvaga qarshi 2754 ta sanksiya qo`yilgan bo`lsa, uchinchi o`rinda Suriya bo`lib, 2608 ta sanksiya qo`llanilgandi. 

Ukrainada boshlangan harbiy harakatlar sababli o`tgan oyda Moskvaga qarshi 2778 ta yangi sanksiya joriy etildi va bu cheklovlar umumiy soni 5532 taga etdi hamda dunyodagi etakchiga aylandi. 

Castellum.ai ma`lumotlariga ko`ra, Rossiyaga qarshi sanksiyalarning eng ko`p qismi jismoniy shaxslarga qaratilgan – 2427 ta shunday cheklovlar mavjud.  Rossiyaning kompaniyalari va davlat muassasalariga nisbatan – jami 343. 

Rossiyaga ortda qolgan hafta davomida eng ko`p sanksiyani Shveysariya (568), Evroittifoq (518) va Fransiya (512) kiritdi. AQSh 243ta, Buyuk Britaniya 35ta sanksiya joriy etdi.

    Boshqa yangiliklar