O`zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlari start berildi.
Bugun turning ikki uchrashuvi bo`lib o`tdi. Jumladan, "Nasaf" o`z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Bekobodliklar so`nggi daqiqalarda mag`lubiyatdan qutulib qoldi.
"Qo`qon-1912" esa "Olimpik" bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:0 hisobida qo`qonlik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi.
Superliga, 2-tur
Nasaf - Metallurg - 1:1
Gollar: Husain Norchaev, 80 (1:0), Abror Toshqo`ziev, 89 (1:1)
"Qo`qon-1912" - "Olimpik" - 1:0
Gol: Javohir Siddiqov, 63 (1:0)






