Ayni kunlarda Iordaniya qirolligi, Amman shahrida davom etayotgan boks bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`zining yakuniy pallasiga kirib bormoqda.
Ushbu Osiyo chempionatida qit`aning 21 mamlakatidan jami 352 nafar bokschi bahslarda ishtirok etishdi. Jumladan, O`zbekiston sharafini o`smirlar o`rtasidagi janglarda 25 nafar, yoshlar o`rtasida esa 24 nafar, jami 49 nafar sportchi himoya qilmoqda.
Musobaqa o`smirlar o`rtasida 2006-2007 yillarda tug`ilganlar, yoshlar o`rtasida esa 2004-2005 yillarda tavallud topgan bokschilar o`rtasida tashkil etilgan.
Kecha yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati doirasida qizlar yarim final janglarida ringga ko`tarildi va finalchilarni aniqlab berishdi. Ushbu bosqichga O`zbekiston yoshlar terma jamoasining 11 nafar a`zosi etib kelgan bo`lsa, bugun ulardan naqd 9tasi final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Yana ikki nafar qiz esa bronza medalini naqd qildi.
Quyida yoshlar (qizlar) o`rtasida Osiyo chempionati finaliga yo`l olgan sportchilarimiz bilan tanishing:
- -48 kg: Saidaxon Rahmonova,
- -50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova,
- -52 kg: Munavvar Fozilova,
- -54 kg: Ra`no Muratbaeva,
- -60 kg: Muxlisa Toxirova,
- -63 kg: Setora Bahodirova,
- -70 kg: Aziza Zokirova,
- -81 kg: Oltinoy Sotimboeva,
- +81 kg: Sahobat Husanova,
-57 kg vazn toifasidagi qatnashchi Ruxshona O`ktamova tailandlik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo`ygan bo`lsa, -66 kg vazn toifasidagi vakila Feruza Alijonova ham afsuski qozog`istonlik raqibasiga yutqazdi va har ikki bokschimiz bronza medalini naqd qildi.






