Bugun, 11 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov II Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbaev bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tomonlar yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O`zbekiston-Qirg`iziston munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan qo`shma qarorlar va kelishuvlar ijrosiga alohida e`tibor qaratildi.
Olingan majburiyatlarni bajarish va qo`shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida siyosiy, chegara, suv xo`jaligi, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo`yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Oliy, yuqori va mintaqalararo darajalarda bo`lib o`tadigan tadbirlar jadvali ko`rib chiqildi.






