Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari urush boshlangandan buyon ikki davlat o`rtasidagi eng yuqori darajadagi uchrashuv uchun Antaliyada uchrashdi.
Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho`g`li ishtirokida o`tkazilgan tinchlik yig`ilishida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba echim yo`lini muzokara qildilar.
Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho`g`li ijtimoiy media hisobi orqali bergan bayonotida, “Tinchlikka ehtiyoj eng katta bo`lgan bir paytda, Rossiya va Ukrainalik hamkasblarim Lavrov va Kuleba bilan uch tomonlama formatda Antaliya Diplomatik forumi doirasida uchrashdik. Bizning umidimiz mintaqamizda tinchlikni tiklashdir”. iborasini ishlatgan. Tashqi ishlar vaziri Chavusho`g`li, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bilan alohida matbuot anjumani o`tkazadi.
Sammitdan bir kun o`tib, 19 davlat va hukumat rahbarlari, 73 vazir va 42 xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadigan Antaliya diplomatiya forumi boshlanadi.






