«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
«Daily Mail» xabariga ko`ra, argentinalik murabbiy klub tomonidan to`liq ishonch bildirilgan taqdirda, manchesterliklarni boshqarishi mumkin.
Maurisio Angliyaga imkon qadar tezroq qaytishni xohlayapti. Sababi, u Parijda 14 oydan buyon mehmonxonada yashab kelmoqda. Uning oilasi Londonda qolgan.






