11 mart kuni Antaliya shahrida O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Bosh vaziri o`rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
Muloqot chog`ida O`zbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro tuzilmalar doirasida tomonlarning o`zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
O`zbekiston va Qatar Afg`onistonda tinchlikni mustahkamlash va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi.






