AsosiySport

"Chelsi" titul homiysisiz qoldi

'"Chelsi" titul homiysisiz qoldi'ning rasmi

"Chelsi" xo`jayini Roman Abramovichga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan klubning muammolarni ko`payib bormoqda. Bu haqda The Athletic ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, "Chelsi"ning titul homiyi Three telekommunikasion kompaniyasi klub bilan amaldagi hamkorlikni to`xtatgan.

"Buyuk Britaniya hukumati tomonidan qo`yilgan sanksiyalar sababli "Chelsi" bilan hamkorlikni vaqtincha to`xtatishga qaoor qildik. Jamoa liboslari, stadiondan kompaniyamiz logotiplarini olib turishni ham so`radik", - dedi kompaniya vakili. 

Shuningdek, Nike kopmaniyasi ham "Chelsi" bilan hamkorlikni to`xtatishni rejalashtirmoqda. 

    Boshqa yangiliklar