AsosiySport

Shaxobiddin Zoirov angliyalik raqibini mag`lub qildi

'Shaxobiddin Zoirov angliyalik raqibini mag`lub qildi'ning rasmi

Angliyaning Esseks shahrida 11 mart kuni o`tkazilgan professional boks oqshomida o`zbekistonlik Shaxobiddin Zoirov g`alabaga erishdi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Ko`hna qit`ada o`tgan mazkur boks kechasida Rio olimpiadasi g`olibi, jahon chempioni Shahobiddin Zoirov angliyalik Brett Fidoe bilan 10 raundlik jang o`tkazdi.

Angliyalik boks ishqibozlarining shovqin-suroni ostida shiddatli kechgan uchrashuv to`liq davom etdi va unda Zoirov Fidoeni ochkolar hisobida mag`lub etdi.

Bu yutuq iste`dodli charm qo`lqop ustasining professional boksdagi to`rtinchi g`alabasi bo`lib rasmiy statistikada qayd qilindi.

    Boshqa yangiliklar