AsosiySiyosat

Ukraina raketaga qarshi tizimlarga muhtoj — Zelenskiy

'Ukraina raketaga qarshi tizimlarga muhtoj — Zelenskiy'ning rasmi

Ukraina raketaga qarshi tizimlarga muhtoj. Bu haqda Vladimir Zelenskiy ma`lum qildi

Zelenskiy ushbu tizimlar uchun pul to`lashga tayyorligini ham aytgan. 

“Osmonni “yopish” uchun bir qancha usul bor. Masalan, Ukrainaga etkazib berish mumkin bo`lgan raketaga qarshi mudofaa tizimi. Biz buni dunyoning barcha davlatlarida topdik. Biz shunchaki yordam emas, biz bu tizimlar kimda bo`lsa, so`radik. Iltimos, bizga bering. Keyin shunchaki yordam berish qiyinligini tushundik. Biz sotib olishga, kredit olishga, byudjetning oxirgi pulini bunga tikishga tayyormiz”, – degan u xorijiy jurnalistlar bilan brifingda. 

Zelenskiy raketaga qarshi tizimlarni Ukrainaga olib kelish bilan Kievning o`zi shug`ullanishini qayd etgan. Shuningdek, u aviasiya birliklari bilan ham shunga o`xshash vaziyat shakllanganini qo`shimcha qilgan. Uning so`zlariga ko`ra, “Ukrainaga yordam berish uchun mamlakat fuqarosi bo`lishga tayyor uchuvchilar” ham topilgan. 

    Boshqa yangiliklar