AsosiySiyosat

O`zbekiston vaTurkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi majlisini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rmoqda

'O`zbekiston vaTurkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi majlisini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rmoqda'ning rasmi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov  kecha Antaliya shahrida bo`lib o`tayotgan ikkinchi Diplomatik forumdagi ishtiroki doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`lu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 TIV ma`lumotiga ko`ra, uchrashuv O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi (1992-yil 4 mart) munosabati bilan o`zaro tabriklar bilan boshlandi.

 Vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, fan, ta`lim va boshqa sohalardagi ko`p qirrali O`zbekiston-Turkiya hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek, tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o`zaro munusabatlarini muhokama qildilar.

 Turli daraja va shakllardagi bo`lajak qo`shma tadbirlar jadvali, xususan, oliy darajadagi O`zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi majlisini o`tkazish masalalari ko`rib chiqildi.

 Parlamentlararo muloqotni kengaytirish, faol iqtisodiy diplomatiyani ilgari surish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi.

 Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar