Bu haqda Prezidentining qarori imzolandi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “Sport-ta`lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to`g`risida”gi PQ–5280-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 apreldagi PQ–5099-son qarori bilan tasdiqlangan Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, shuningdek, iqtidorli sportchilarni professional bokschilar sifatida tayyorlash, Olimpiya o`yinlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilarimiz faoliyatini keng targ`ib etish maqsadida:
Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Gimnastika bo`yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maetabi va Boks bo`yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etiladi.






