AsosiySport

Muhammad Saloh «Barselona»ga o`tishi mumkin

'Muhammad Saloh «Barselona»ga o`tishi mumkin'ning rasmi

«Barselona» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig`ini kuchaytirish rejalarini tuzgan.

Mundo Deportivo xabariga ko`ra, Kataloniya klubi Erling Holand transferi borasida «Borussiya» bilan kelisha olmagan taqdirda, bor e`tiborini «Liverpul» forvardi Muhammad Salohga qaratadi. 

Klub prezidenti Joan Laporta liverpulliklar etakchisini 60-70 million evro evaziga taklif etish mumkinligiga ishonmoqda. Misrlik hujumchining amaldagi kelishuvi 2023 yilda yakuniga etishi bois, «Liverpul» rahbariyati bir yilga tavakkal qilmay, tez orada 30 yoshni qarshi oladigan forvardini transfer qilishga rozilik bildirishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Barselona» allaqachon futbolchining atrofidagilardan uning muhitni o`zgartirish istagi haqida xabar topgan. Saloh 2017 yildan buyon Mersisayd klubida to`p surmoqda.

    Boshqa yangiliklar