Bugun Abu Dabidagi “Baniyas” o`yingohida ertangi bellashuv oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda jamoamiz bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma`lum qildi.
Dastlab ertangi bellashuv haqida jamoamiz bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
- “Assalomu alaykum barchaga. Avvalambor bizni iliq kutib olishgani uchun “Baniyas” jamoasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ertangi bellashuv haqida gapiradigan bo`lsam, jamoalar kerakli natija uchun kurashadi. “Baniyas” jamoasini o`rganganimizda shunga amin bo`ldiki, jamoa jiddiy va yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega.
- “Baniyas” jamoasi ishtirokidagi bir nechta o`yinlarni ko`rib chiqdik. Ularni o`yin uslubi bizga yoqdi. Lekin “Nasaf” ko`rsatayotgan futbol ham ko`plab muxlislarga yoqadi. Ertangi bellashuvda kerakli natijani qo`lga kiritish uchun sifatli bellashuv guvohi bo`lamiz. Ertangi bahsda biz musobaqani guruh bosqichi davom ettirish ishtiyoqida maydonga tushamiz.
- “Baniyas” jamoasi haqida nimalarni bilasiz? Ertangi bellashuvda qaysi futbolchilar maydonga tusha olmaydi?
- “Baniyas” jamoasining oxirgi bellashuvlarini biz ko`rdik. Ular yaxshi natijaga erishishmoqda. Ular o`tgan mavsumda o`z chempionatining ikkinchi o`rinini qo`lga kiritib, OChL pley-off bosqichiga yo`llanmaga ega chiqishgan. Umuman olganda jamoaning o`yini ham maydondagi futbolchilarning o`yin sifati ham yaxshi.
- Bizga ertangi o`yinda faqat G`olib G`aybullaev yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarning barchasi ertangi bellashuvga tayyor.
Akmal Mozgovoy: “Ertangi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko`rdik. “Baniyas” jamoasini yaxshi o`rgandik. Ular safida yaxshi futbolchilar harakat qilishadi. Biz ertangi bellashuvda faqat g`alaba uchun maydonga tushamiz. Faqat g`alaba uchun”
- “Baniyas” jamoasining qaysi chiziqlari kuchsiz deb hisoblaysiz?
- Bu haqida gapirish noo`rin deb bilaman. Biz bu jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini o`rganib chiqdik. Lekin bu haqida bu erda muhokama qilmoqchi emasman. Biz bu jamoa ishtirokidagi bir nechta o`yinni ko`rdik va bu haqida o`z xulosamizga egamiz.






