Evropa chempionati oldidan so`nggi o`rtoqltik o`yinida Portugaliya termasi Estoniyaga qarshi bahs olib bordi. Mazkur bellashuvda portugaliyaliklar raqib darvozasiga javobsiz ettita gol kiritdi.
“Real” forvardi Krishtianu Ronaldu ushbu uchrashuvda dubl qayd etib, jamoasining yirik g`alabasiga o`z hissasini qo`shdi.
Portugaliya – Estoniya 7:0 (3:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 36 Ronaldu, 2:0 – 39 Kuarejma, 3:0 – 45 Ronaldu, 4:0 – 55 Danilu Pereyra, 5:0 – 61, avtogol Mets, 6:0 – 77 Kuarejma, 7:0 – 80 Eder.
Ogohlantirishlar: Kallaste (87).





