AsosiySport

EChL. "Yuventus" kutilmaganda musobaqa bilan xayrlashdi, "Chelsi" keyingi bosqichga yo`llanma oldi

'EChL. "Yuventus" kutilmaganda musobaqa bilan xayrlashdi, "Chelsi" keyingi bosqichga yo`llanma oldi'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final uchrashuvlari yakuniga etdi. 

Chorshanba oqshomiga belgilangan o`yinlarning birida kutilmagan natija qayd etildi. 

"Yuventus" o`z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida yutqazib qo`ydi. Natijada, turinliklar musobaqa bilan xayrlashdi. 

"Chelsi" esa "Lill"ga qarshi bahsda 2:1 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritdi. 

EChL. 1/8 final

"Yuventus" - "Vilyarreal" - 0:3

Gollar: 0:1 – 78, penalti Jerar Moreno, 0:2 – 85 Pau Torres, 0:3 – 90, penalti Dandjuma.

"Lill" - "Chelsi" - 1:2

Gollar: 1:0 – 38, penalti Ylmaz, 1:1 – 45 Pulishich, 1:2 – 71 Aspilikueta.

    Boshqa yangiliklar