AsosiySport

Shomurodov «Roma»ni tark etishi mumkin

'Shomurodov «Roma»ni tark etishi mumkin'ning rasmi

Rimning «Roma» klubi yozgi transfer oynasida hujum chizig`ini kuchaytirishni maqsad qilgan. 

Calciomercato xabariga ko`ra, klub rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig`ini kuchaytirish uchun avvalo aksariyat o`yinchilari bilan xayrlashadi. Xususan, klub rahbariyati va bosh murabbiy Joze Mourino Eldor Shomurodovning jamoa asosiy tarkibidan muqim o`rin ololmagani sababli uni transferga qo`yib, o`zbekistonlik forvard o`rniga Temmi Abrahamga raqobatchilik qila oladigan hujumchini taklif etmoqchi. 

«Rim klubi yangi loyihasida Eldor Shomurodovning muhim o`rin egallashini kutgan, biroq 26 yoshli forvard kutilgan darajani ko`rsata olmagan», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Eldor Shomurodov o`rniga Rim klubi «Arsenal» forvardi Aleksandr Lyakazettni taklif etmoqchi. U yozda erkin agent sifatida Rimga ko`chib o`tishi mumkin. 

Ma`lumot uchun, Eldor Shomurodov rimliklar bilan 2026 yilga qadar shartnomaga ega. U joriy mavsum A Seriyada 21 o`yinda 2ta golga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar