AsosiySiyosat

O`zbekiston va Ispaniya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi

'O`zbekiston va Ispaniya o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi'ning rasmi

17 mart kuni O`zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganiga 30 yil to`ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Hose Manuel Albaresga tabrik yo`lladi.

O`zbekiston Ispaniyani sanoat, ilmiy-texnikaviy, madaniy va intellektual salohiyatga ega davlat, shuningdek, Evropa Ittifoqidagi ishonchli va do`stona hamkor sifatida bilishi ta`kidlandi.

«Davlatlarimiz ko`p qirrali hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega», – deyiladi O`zbekiston TIV rahbari maktubida.

Tarixiy do`stlik va o`zaro anglashuv tamoyillari asosida qurilgan O`zbekiston-Ispaniya munosabatlari bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo`lida rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.

    Boshqa yangiliklar