"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Abduqodir Husanov faoliyatini "Energetik-BGU"da davom ettiradi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko`ra, 18 yoshli himoyachi jamoa tarkibiga kelib qo`shilgan. "Safimizga O`zbekistondan futbolchi kelib qo`shildi. Ulardan biri 18 yoshli himoyachi Abduqodir Husanovdir. 2004 yil 29 fevralda Toshkent shahrida tug`ilgan futbolchi "Bunyodkor"ning U18 jamoasida to`p tepgan.
Qolaversa, O`zbekiston yoshlar terma jamoasiga muntazam jalb etilgan. U o`tgan yili "Energetik-BGU"da mashg`ulotlarni boshlagan. Endi esa, himoyachi jamoamizning chempionatda ishtirok etuvchi futbolchilari ro`yxatiga kiritilishi mumkin. U Oliy ligada 45-raqam ostida o`ynaydi. Klubga xush kelibsan, Abduqodir!"-deyiladi xabarda.






