Superliganing 3-turidan o`rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi.
“Navbahor” o`z maydonida “Qo`qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi. Bahs 2:0 hisobida Samvel Babayan shogirdlarining g`alabasi bilan yakunlandi.
Samarqandda esa “Dinamo” klubi mavsumdagi ilk ochkosini qo`lga kiritdi. “Qizilqum” bilan kechgan o`yinda tomonlar murosa ko`chasini tanlashdi, - 0:0.
Superliga, 3-tur
“Navbahor” – “Qo`qon-1912” – 2:0
Gollar: Elguja Grigalashvili (45), Zoran Marushich (81)
“Dinamo” – “Qizilqum” – 0:0






