AsosiySiyosat

Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi

'Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi'ning rasmi

Yangi Zelandiya hukumati Rossiya Federasiyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilganini e`lon qildi. Bu haqda TASS ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, Yangi Zelandiya Rossiya prezidenti Vladimir Putin, bosh vazir Mixail Mishustin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FXX rahbari Aleksandr Bortnikov, «Sberbank» rahbari German Gref, RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan, “Promsvyazbank” va yana 18 nafar shaxsning aktivlarini muzlatib qo`yadi.

Shunindek, siyosiy va harbiy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan 364 nafar rossiyalik uchun mamlakatga kirishni taqiqlaydi. 

“Dunyo Putinning Ukrainadagi harakatlariga qarshi birlashdi va tarixiy qonun qabul qilinganidan atigi bir hafta o`tib biz xalqaro hamjamiyatga birinchi maqsadli sanksiyalarimizni qo`llashda qo`shilmoqdamiz”, - dedi tashqi ishlar vaziri Nanaia Maxuta. 

    Boshqa yangiliklar