“Fenerbaxche” jamoasi yarim himoyachisi Nani o`z faoliyatini sobiq klubi – “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.
Ma`lum bo`lishicha, portugaliyalik xavbekning xizmatlariga jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan qiziqmoqda. Tomonlar shartnoma borasida kelishib olganligi ma`lum bo`ldi.
Nani “MYu”ga qaytishga qarshi emas. Uning transferi uchun “qizil iblislar” 8 mln evro to`lashi kerak bo`ladi.





