AsosiyDunyo

Eng baxtli mamlakat nomi ma`lum qilindi

'Eng baxtli mamlakat nomi ma`lum qilindi'ning rasmi

Finlyandiya qatorasiga beshinchi bor dunyoning eng baxtli mamlakati ro`yxatini boshqarmoqda, deyiladi World Happiness Report e`lon qilgan hisobot ma`ruzasida.

World Happiness Report hisoboti BMTning barqaror rivojlanish muammolarini hal etish yo`llarini qidirish muassasalari tomonidan tayyorlanib boradi. Unda dunyoning 146 ta mamlakati ishtirok etadi. Reyting tuzilishida umr ko`rish davomiyligi, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash,  korrupsiya va boshqa ko`rsatkichlar aks ettiriladi.  

Baxtli mamlakatlar reytingi bo`yicha  hisobot ilk bor 2012 yilda e`lon qilingan.  

Eng baxtli mamlakatlar o`nligiga shuningdek, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Shvesiya, Norvegiya, Isroil va Yangi Zelandiya kiritildi. AQSh mazkur ro`yxatda 16, Buyuk Britaniya 17, Fransiya  20-o`rinlarda bo`ldi. 

Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida eng yaxshi ko`rsatkichlarni Litva va Estoniya qayd etdi. Aholisi baxtli yashashi borasida ushbu mamlakatlar 34 va 36-o`ringa munosib ko`rildi, Qozog`iston 40, Latviya 42, O`zbekiston 53, Moldova 62, Qirg`iziston 64, Belarus 65, Turkmaniston 78, Rossiya  80, Armaniston 82, Tojikiston 83, Ozarbayjon 92, Ukraina 98, Gruziya 105-o`rinlarni egalladi. 

BMT hisob kitobicha, eng baxtsiz mamlakatlar ro`yxatini Afg`oniston va Livan boshqarmoqda. 

    Boshqa yangiliklar