Havaskorlar boksida barcha sovrinlarni qo`lga kiritgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov ayni vaqtda prof boksda ringga ko`tarilmoqda. U shu kungacha professional boksda 9ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan. Bugun Bahodir Dubayda o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi.
Probellum Dubai musobaqasida hamyurtimizga polshalik bokschi Kamil Sokolovski (11-24-2, 4 KO) raqiblik qiladi.
Kecha bokschilar jang oldidan tarozidan o`tishdi va ko`z urishtirish marosimida qatnashdi. Ayni paytda Jalolovning og`irligi 116 kiloni tashkil etayotgan bo`lsa, Sokolovskining vazni 109 kilo chiqdi.
Jang Toshkent vaqti bilan 20:00dan keyin bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






