AsosiySport

Mbappe «PSJ»da qolmasligi aniq, Holandning «Barsa»ga o`tishi esa qiyin masala — La Liga prezidenti

'Mbappe «PSJ»da qolmasligi aniq, Holandning «Barsa»ga o`tishi esa qiyin masala — La Liga prezidenti'ning rasmi

La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» va «Barselona»ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadlari haqida gapirdi. 

«Barselona»dagi vaziyatni inobatga olsak, Holandning transferi ancha qiyin kechadi, nazarimda. Lekin bu transfer amalga oshishi ham mumkin. Buning uchun klub moliyaviy feyr-pley bilan bog`liq muammolarini hal qilib olishi kerak. 

Mbappe «PSJ»da qolmasligi aniq. U haligacha kelgusi mavsumni qaysi klubda o`tkazishi haqida e`lon qilmaganligi hayron qoldirmoqda. Lekin, menimcha, u Parijda qolmaydi. Bu mening shaxsiy fikrim», — dedi Tebas. 

Avvalroq, Mbappe allaqachon «Real» bilan shartnoma imzolab bo`lgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

    Boshqa yangiliklar