Superliga 3-turi doirasidagi yana ikkita uchrashuv yakunlandi. Tur bahslarini AGMK va "Nasaf" uchrashuvi yakunlab berishi lozim edi. Biroq o`yin boshqa muddatga qoldirilgan.
Yaypanda "Neftchi" klubi o`z muxlislari qarshisida "So`g`diyona"ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchradi. Jizzaxliklar birinchi bo`limning o`zidayoq raqib darvozasini ikki marotaba ishg`ol qildi. Bunga esa farg`onaliklar bir bor javob qaytara olishdi.
Toshkentda "Bunyodkor" derbida "Lokomotiv"dan ustun keldi, - 2:1. "Qaldirg`ochlar" safida gollarni Ibrohim Tomiva kiritgan bo`lsa, mehmonlarlardan yagona gol Igor Chikrizov hisobiga yozildi.
Superliga. 3-tur
"Neftchi" – "So`g`diyona" - 1:2
Gollar: Shahzod Ubaydullaev 81 penalti – Shahboz Jo`rabekov 9, Luka Chermel 38.
"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 2:1
Gollar: Ibrohim Tomiva, 64 penalti, 79 – Igor Chikrizov 90+2.






