Latviya, Estoniya, Litva va Bolgariya jami yigirma nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishni e`lon qildi. Bu haqda Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Rinkevich Rossiya elchixonasining uch xodimining chiqarib yuborilishini "ularning diplomatik maqomiga zid bo`lgan faoliyati" bilan izohladi.
Litva, shuningdek, Rossiya diplomatik missiyasining to`rt nafar xodimini “diplomatik maqomga to`g`ri kelmaydigan faoliyati uchun” chiqarib yuborayotganini ma`lum qildi.
Estoniyaning siyosiy masalalar bo`yicha vise-kansleri Reyn Tammsaar Rossiya diplomatik missiyasining uch xodimining faoliyati “Diplomatik munosabatlar to`g`risidagi Vena konvensiyasiga zid” ekanini aytdi. “Uchalasi ham Estoniya xavfsizligiga putur etkazishda va Rossiyaning harbiy harakatlarini oqlovchi tashviqotni tarqatishda bevosita va faol ishtirok etgan”, — dedi Estoniya TIV.
Bolgariya tashqi ishlar vazirligi rossiyalik 10 nafar diplomatni persona non grata deb e`lon qildi.






